Nodir Nur - Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim

Nodir Nur - Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim

Nodir Nur - Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim
  • Слушали: 30
  • Качество: 320 kbps
  • Длительность: 3:21
  • Размер: 7.68 MB
  • Дата релиза: 02.11.2022
Слушать онлайн Nodir Nur - Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim
Скачать
Скачать песню Nodir Nur - Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim в mp3 бесплатно
Текст песни
Нодир Нур - Карз олиб куринмай кетган дустларим

Ichimda yig'ilgan sokin so'zlarim
Yo'lingizga mushtoq bo'ldi ko'zlarim
Keling bir ko'rishib diydorlashaylik
Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim

Bir paytlar juda qadrdon edik
Aka ukalardek mehribon edik
Siz pul berib ming pushaymon yedik
Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim

Yordam qiling bo'lar savob degandiz
Bizdan bitta qozon kabob degandiz
Uch kunda beraman javob degandiz
Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim

Gapim qog'ozga ham o'radim axir
Sizga qancha xabar yo'lladim axir
O'zimni pulimni so'radim axir
Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim

Ozgina iymondan chiqib qo'yibsiz
Biroz yuragimni siqib qo'yibsiz
Nomerim chorniga tiqib qo'yibsiz
Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim

Halovatingiz yo'q shoshib yuribsiz
Asl yuzingizni ochib yuribsiz
Meni ko'rib har yon qochib yuribsiz
Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim

Ranjimang so'zlarim barisi hazil
Gar yetgan bo'lsa topibdi manzil
Muhimi oqibat ko'tarilmasin
Qarz olib ko'rinmay ketgan do'stlarim