Jaloliddin Ahmadaliyev - Hoqon yagona

Jaloliddin Ahmadaliyev - Hoqon yagona

Jaloliddin Ahmadaliyev - Hoqon yagona
  • Слушали: 42
  • Качество: 320 kbps
  • Длительность: 6:01
  • Размер: 13.79 MB
  • Дата релиза: 22.04.2023
Слушать онлайн Jaloliddin Ahmadaliyev - Hoqon yagona
Скачать
Скачать песню Jaloliddin Ahmadaliyev - Hoqon yagona в mp3 бесплатно
Текст песни
Жалолиддин Ахмадалиев Хокон ягона

Sahroyi cho'linda borar devona
Unga dunyo yotdur qayg'u begona
Bu qadim sahroning qonuni o'sha
Karvonlar ko'p erur sarbon yagona

Ey do'st yovlaringni yengib ketasan
Va lek ular yetgan yerga yetasan
Porlagan joyinga singib ketasan
Yulduzlar ko'p erur osmon yagona

Dunyo hech kimsaga qilmagan vafo
O'tkinchi barisi ishrat u safo
Haqiqiy tabibdan so'ragin shifo
Dard alam ko'p erur darmon yagona

Qarachi qadimdan kim g'olib bo'lar
Kimlardir nishonsiz yo'qolib borar
Manzilga birgina yo'l olib borar
Tuyg'ular ko'p erur iymon yagona

O'tmishing buguning ertang ayoni
Na inson zotini ketmush qayoni
Yumush bir kitobda to'liq bayoni
Kitoblar ko'p erur Quron yagona
Kumush bir kitobda to'liq bayoning
Kitoblar ko'p erur Quron yagona

Ey Anvar hovliqma o'zingdan ketma
Hayot daftaringa puk xat bitma
Har ne bo'lganda ham shuni unutma
Sultonlar ko'p erur hoqon yagona